Hozirgi Ozbek Adabıy Tili
Müəllif | Abduvalı Berdialiyev, İxtiyor Ermatov |
---|---|
Nəşr olunduğu il | 2022 |
Elm sahəsi | Ədəbiyyat və dilçilik |
Nəşriyyat | Tamaddun |
Nəşr yeri | Toshkent |
Abduvalı Berdialiyev, İxtiyor Ermatov. Hozirgi Ozbek Adabıy Tili. Toshkent, Tamaddun, 2022.
Darslik -5120100 Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) bakalav-ri yo'nalishida tahsil olayotgan universitet va pedagogika oliy o'quv yurtlarining o'zbek tili va adabiyoti talabalari uchun tayyorlangan. Darslik materiallarini yoritish va berishda o'zbek tilshunosligi so'nggi yillarda qo'lga kiritgan yutuqlarga tayanildi. Xususan, darslik mazmun va mundarijasi oldingi darslik va qo'llanmalar mundari-jasidan chetda qolgan «morfonologiya», «morfonema», «so'z tarkibining frazeolo-giyalashuvi», «interfiks va interfiksatsiya jarayoni», «so'z morfem tarkibida sodda-lashish», «morfem qayta bo'linish», «so'z tarkibidagi morfemtaxlit unsurlar», «so'z yasashning okkozional usuli», «o'z va o'zlashgan qatlamga xos affiks morfemalar singari bir qator lisoniy hodisalar haqidagi zamonaviy ma'lumotlar bilan kengayti-rildi. Kitob universitet va pedagogika oliy o'quv yurtlarining o'zbek tili va adabi-yoti bakalavrlaridan tashqari, akademik litsey, shuningdek, umumta'lim maktablari-ning o'zbek tili o'qituvchilariga mo'ljallangan. Undan tilshunoslik masalalari bilan shug'ullanuvchi ilmiy xodimlar, magistrlar va aspirantlar ham foydalanishi mumkin.